Ijtimoiy himoya agentligi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabat holatlari haqida anonim tarzda xabar berish mumkin bo‘lgan ishonch telefonini ishga tushirdi. Murojaatlar 1246 qisqa raqami orqali qabul qilinadi.
Foto: Ma’murjon Obrahmatov / Gazeta
Ijtimoiy himoya agentligi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabat holatlari haqida anonim tarzda xabar berish mumkin bo‘lgan ishonch telefonini ishga tushirdi. Murojaatlar 1246 qisqa raqami orqali qabul qilinadi.
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berish uchun 1246 qisqa raqamli ishonch telefonini ishga tushirdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlik fuqarolarni quyidagi holatlarga guvoh bo‘lganlarida zudlik bilan ishonch telefoniga murojaat qilishga chaqirdi:
Idora murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishini ta’kidladi. Hozirda koll-markaz test rejimida ishlamoqda.
“Har bir bola xavfsiz va mehrga to‘la muhitda ulg‘ayish huquqiga ega… Sizning bitta qo‘ng‘irog‘ingiz bir bolaning hayotini o‘zgartirishi mumkin. Birgalikda bolalarni himoya qilaylik”, — deyiladi agentlik xabarida.
Rahmat. Sizning xatingizni oldik va yaqin vaqt ichida kamchilikni to‘g‘irlaymiz.