Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va yana 29 kishiga oid ish sudda ko‘rib chiqiladi

Дата публикации: 28-07-2026 17:50:00

Toshkentda 29-iyul kuni IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev, Jazoni ijro etish departamentining sobiq rahbari Rustam Tursunov va yana 28 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlanadi. Ayblovlar orasida o‘zlashtirish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish bor.

Основное содержимое страницы с новостью.

Yangixayot tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi 29-iyul kuni ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev, Jazoni ijro etish departamentining sobiq boshlig‘i Rustam Tursunov hamda yana 28 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi.

Bu haqda Oliy sud saytida e’lon qilingan jinoyat ishlari ro‘yxatida ma’lum qilingan. Ish bo‘yicha sudya sifatida Sanjar Mahametov ko‘rsatilgan.

Sud ro‘yxatiga ko‘ra, Bekmurod Abdullayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismining “a” va “b” bandlari, shuningdek, 3-qismining bir nechta bandlari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Rustam Tursunovga Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismining “a” va “b” bandlari, shuningdek, 3-qismining “a” va “v” bandlari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Bundan tashqari, unga Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish) 2-qismining “a” va “b” bandlari bo‘yicha ham ayblovlar ilgari surilgan.

Sudlanuvchilar ro‘yxatida jami 30 nafar shaxs ko‘rsatilgan. Ular orasida davlat lizing kompaniyasi Qurilishmashlizing boshqaruv raisi Farrux Abdurahimov, sobiq “Mexmash” korxonasi rahbari Farhodjon Jo‘rayev va ochiq tijorat ma’lumotlariga ko‘ra Navoiy viloyatidagi 11-son jazoni ijro etish koloniyasi rahbariyati bilan bog‘langan Dilshod Tashev ham bor.

Ixtiyor Malikov esa avvalroq yo‘l chizish mashinasi, interaktiv jihozlar va boshqa xaridlar bo‘yicha o‘tkazilgan tenderlarda mas’ul shaxs hamda xarid komissiyasi kotibi sifatida qayd etilgan.

167 va 205-moddalardan tashqari, ayrim shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bo‘yicha ham ayblovlar qo‘yilgan. Jumladan, ularga soxta tadbirkorlik (179-modda), soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (184-modda), savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (189-modda), mansab soxtakorligi (209-modda) hamda jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish (243-modda) kabi ayblovlar ilgari surilgan. Masalan, ayrim sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining bir vaqtning o‘zida oltita moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Bekmurod Abdullayev 2021-yil aprel oyidan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. U 2025-yil 3-noyabr kuni lavozimidan ozod etilgan. Shundan so‘ng sobiq vazir o‘rinbosariga nisbatan tergov boshlangani va u qamoqqa olingani ma’lum bo‘lgan. Bekmurod Abdullayev tadbirkor, BA Holding asoschisi va hozirda “O‘zmetkombinat” rahbari bo‘lgan Baxodir Abdullayevнинг ukasi hisoblanadi.

bекмuрод abдuллaеv, ichki ishlar vazirligi, рuстaм тuрсuноv, sud

Rustam Tursunov 2017—2018-yillarda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga rahbarlik qilgan, keyin esa Navoiy viloyati IIB boshlig‘i bo‘lgan. 2021-yil fevral oyida u Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i etib tayinlangan. 2025-yil noyabr oyi boshida esa Bekmurod Abdullayev bilan bir vaqtda lavozimidan ozod qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlarida budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlanganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 186 mlrd so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilingan. Davlat rahbari Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganini aytgan.

Avvalroq Gazeta Bekmurod Abdullayev va yana olti nafar mansabdor shaxs 15-aprel kuni kechqurun qamoqdan ozod qilingani haqida xabar xabar bergan edi. O‘zbekiston Inson huquqlari jamiyati “Ezgulik” rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lumotiga ko‘ra, general-mayorning qarindoshlari 186 mlrd so‘mlik zararni naqd pulda to‘liq qoplaganidan so‘ng ehtiyot chorasi garovga o‘zgartirilgan. Bu ma’lumot rasmiy idoralar tomonidan tasdiqlanmagan. Jinoyat ishi tugatilmagan.

Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, tergov Bosh prokuratura tomonidan 3000 sahifadan ortiq hajmdagi jinoyat ishi doirasida olib borilgan. Ushbu ish bo‘yicha 500 nafardan ziyod shaxs so‘roq qilingan. Ayblovlar mazmuni Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini yangilash va “aqlli” svetoforlar tizimini joriy etish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentiga ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish bilan bog‘langan. Bu vaqtda Rustam Tursunov qamoqda qolgan. Bekmurod Abdullayev esa tadbirkor, BA Holding asoschisi va “O‘zmetkombinat” rahbari Baxodir Abdullayevning akasi hisoblanadi.

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Shavkat Miziyoyev Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan boradi07.928-07-2026
2Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli haydovchiga xavfli manyovrlari uchun bayonnoma tuzildi010.8728-07-2026
3O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi08.3628-07-2026
4Kolonka. Peshtaxtami yoki bozor — Toshkent xalqaro moliya markazidan nimalar kutilyapti?010.3228-07-2026
5Toshkentda qizlarni intim xizmatlar ko‘rsatishga majburlab kelingan spa salon faoliyatiga chek qo‘yildi08.7428-07-2026
6Javohir Sindarovning jahon chempionligi uchun bahsi Jenevada o‘tkaziladi07.5428-07-2026
7Генпрокуратура Узбекистана возбудила новые уголовные дела против Гульнары Каримовой0019-08-2019
8Мирзиёев объявил об усилении ответственности чиновников, препятствующих работе СМИ0006-11-2021
9Миротворцы ОДКБ будут выведены из Казахстана до 19 января0015-01-2022
10Президент Узбекистана уволил главу госинспекции за ограничение доступа к соцсетям0003-11-2021

Классификация: Происшествия. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 10.42. Источник: www.gazeta.uz.