Mirobod tumanida spa salon nomi ostida fohishaxona tashkil etish va odam savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan guruh aniqlandi. IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, ikki qiz ish va’dasi bilan jalb etilib, erkiga zid ravishda ushlab turilgan, kaltaklangan va jinsiy ekspluatatsiya qilingan.
Toshkent shahrining Mirobod tumanida spa salon nomi ostida fohishaxona tashkil etish va odam savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Poytaxt IIBB xabar qilishicha, ikki nafar qiz ish va’dasi bilan jalb etilib, keyinchalik ularning erkiga zid ravishda binoda ushlab turilgan va jinsiy ekspluatatsiya qilingan.
Tezkor tadbir “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida IIBB hamda shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nigina, Ra’no va Zarnigor ismli ayollar oldindan til biriktirib, spa salon hududida fohishaxona tashkil etgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ikki nafar qiz ishga joylashtirish bahonasi bilan aldanib, erkiga zid ravishda ushlab turilgan va tanish mijozlarga intim xizmatlar ko‘rsatishga majburlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bildirishicha, gumonlanuvchilar shu orqali noqonuniy daromad olib kelgan.
Jabrlanuvchi qizlardan biri Telegram’da ofitsiantlik vakansiyasi haqidagi e’lonni ko‘rganini aytgan. U aytilgan manzilga kelganidan so‘ng, shaxsiy buyumlari olib qo‘yilgan va yerto‘laga tushirilib, massaj qilishi kerakligi aytilgan.
“Men massaj qilishni bilmayman deganman. Yo‘q, o‘zimiz o‘rgatamiz, xullas, shunaqa-shunaqa qilasiz, oddiygina bo‘ladi, deyishgan. Xullas, qizlarni “vыbor”ga olib chiqishadi, majburlashadi… Biz massaj qilib turgan paytimizda o‘sha erkaklar yaqinlashgan, biz nima qilyapsiz deb, o‘sha kliyent bilan tortishib qolgan paytimizda, biz pul berganmiz, sen qilishga majbursan, nimaga unaqa qilyapsan degan. Kliyent kelgan payti chiqmaymiz deganimizda, xonamizga kirib urishgan, baland poshnali tuflilar bo‘lar edi. O‘sha bilan urishgan, sochimizdan tortishgan”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qizlarga ovqat berishmagan, kaltaklash, sharmanda qilish va ko‘chaga kiyimsiz haydab yuborish bilan tahdid qilishgan. Boshqa bir jabrlanuvchi esa ularga hatto o‘lim bilan ham tahdid solinganini ta’kidladi.
“Mana shu yerda o‘lib ketasan, o‘ligingni hech kim ko‘rmaydi deyishgan”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi IIBB.
Tezkor tadbir davomida yana yetti nafar qiz “massaj xizmati ko‘rsatish niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanib kelgani” aniqlangan, deyiladi xabarda.
Gumonlanuvchilar intim xizmatlar uchun 320 dollar va 6,25 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlangan. Voqea joyidan olingan buyumlar va pul mablag‘lari xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli haydovchiga xavfli manyovrlari uchun bayonnoma tuzildi | 0 | 10.87 | 28-07-2026 |
| 2 | IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va yana 29 kishiga oid ish sudda ko‘rib chiqiladi | 0 | 10.42 | 28-07-2026 |
| 3 | O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi | 0 | 8.36 | 28-07-2026 |
| 4 | Kolonka. Peshtaxtami yoki bozor — Toshkent xalqaro moliya markazidan nimalar kutilyapti? | 0 | 10.32 | 28-07-2026 |
| 5 | В Рязани обнаружили тела двух несовершеннолетних девушек | -5 | 5 | 07-07-2026 |
| 6 | В Оренбургской области обнаружили тела двух пропавших девочек | 0 | 0 | 24-06-2025 |
| 7 | На телах погибших в Туве девочек признаков насилия не обнаружено | 0 | 5 | 09-07-2026 |
| 8 | В Дагестане двух женщин подозревают в купле-продаже новорожденного | 0 | 0 | 14-04-2025 |
| 9 | Жительницу Кургана подозревают в истязании 11-летней дочери | 0 | 0 | 15-02-2021 |
| 10 | В Ростовской области нашли тела двух женщин с признаками насильственной смерти | 0 | 0 | 17-03-2025 |