Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli haydovchiga xavfli manyovrlari uchun bayonnoma tuzildi

Дата публикации: 28-07-2026 07:54:00

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi yo‘q 17 yoshli o‘smir ijaraga olingan mashinada xavfli manyovrlar bajardi. Video tarqalgach, YPX xodimlari unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzdi, avtomobil esa jarima maydonchasiga joylashtirildi. U bunga “shunchaki qiziquvchanlikdan” qo‘l urganini ma’lum qildi.

Основное содержимое страницы с новостью.

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli haydovchiga xavfli manyovrlari uchun bayonnoma tuzildi

Foto: YHXX

Toshkentda haydovchilik guvohnomasi yo‘q 17 yoshli o‘smir ijaraga olingan mashinada xavfli manyovrlar bajardi. Video tarqalgach, YPX xodimlari unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzdi, avtomobil esa jarima maydonchasiga joylashtirildi. U bunga “shunchaki qiziquvchanlikdan” qo‘l urganini ma’lum qildi.

Toshkentda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 17 yoshli o‘smir ijaraga olingan avtomobilda xavfli manyovrlar qilgani aniqladi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalarida xavfli harakat tasvirlangan video tarqalgan edi. O‘smirning so‘zlariga ko‘ra, u avtomobilni ijaraga olgan va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi TTZ mavzesi tomon olib boruvchi yo‘lda xavfli manyovrlarni amalga oshirgan.

YHXX videosidan lavha.YHXX videosidan lavha.

Video e’lon qilingach, uni yo‘l-patrul xizmati xodimlari aniqlagan. O‘smirning tan olishicha, unda haydovchilik guvohnomasi ham, avtomobil hujjatlari ham bo‘lmagan.

“17 yoshman. Haydash shunchaki qiziqish bo‘lgan. Baribir, yashirinaman deb o‘ylasa ham, yuzim tushmaydi yoki mashinam raqami tushmaydi desa ham, baribir, topilar ekan bu narsa. Mening yuzim ham, mashina raqami ham tushmadi, lekin topildi mana. Oxiri, baribir, chora ko‘riladi, hammasi qonuniy”, — dedi u.

Qoidabuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128−10-moddasi (yo‘l bezoriligi / bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga yuborilgan.

Mart oyida Gazeta maktab o‘quvchisi YPX xodimini urib yuborgani va tyuning-atele egasi hibsga olinganidan so‘ng YHXX ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l bezoriligi aks etgan 107 ta videomaterialni aniqlagani, 62 ta avto jarima maydonchasiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edi. YHQning qo‘pol ravishda buzilishi sababli yana 5919 ta avtomobil xuddi shunday holatga duch kelgan. Xavfli haydashni targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklangan.

Telegram Telegram kanalga a'zo bo‘ling


Materialga izohlar

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va yana 29 kishiga oid ish sudda ko‘rib chiqiladi010.4228-07-2026
2Toshkentda qizlarni intim xizmatlar ko‘rsatishga majburlab kelingan spa salon faoliyatiga chek qo‘yildi08.7428-07-2026
3Toshkent Afg‘onistondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish masalasini muhokama qildi09.7828-07-2026
4O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi08.3628-07-2026
5Kolonka. Peshtaxtami yoki bozor — Toshkent xalqaro moliya markazidan nimalar kutilyapti?010.3228-07-2026
6В Челябинске за покушение на теракт взяли под стражу 17-летнего парня0517-07-2026
7Подросток опрокинул машину с детьми в кювет в Омской области-5706-07-2026
8Водитель Toyota сбил подростков в Томске: возбуждено уголовное дело-5827-06-2026
9Выбросившего чемодан с останками 17-летней девушки мужчину арестовали0530-06-2026

Классификация: Происшествия. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 9. Тональность: 0. Информативность: 10.87. Источник: www.gazeta.uz.