Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Shavkat Mirziyoyev 9 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

Дата публикации: 28-07-2026 10:01:00

Shavkat Mirziyoyev Italiya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Jazoir, Malayziya, Pokiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Prezident ularga shart-sharoitlar yaratib berilishini aytdi va ularni xususiy sektor va hududlar bilan faol ishlashga chaqirdi.

Основное содержимое страницы с новостью.

28-iyul kuni xorijiy davlatlarning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev favqulodda va muxtor elchilar — Italiyadan Guido de Sanktis, Falastindan Vaill Battrexi, Saudiya Arabistonidan Saad Abu Xaymid, Kuvaytdan Turki Al-Mekrad, Jazoirdan Jamila Ashur, Malayziyadan Rafeda binti Abdul Aziz, Pokistondan Muhammad Mudassir Tipu, Ozarbayjondan Rashad Mamedov va Qozog‘istondan Yerali Tugjanovlarning ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlat rahbari diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini O‘zbekistondagi missiyasi boshlangani bilan tabrikladi.

Dunyoda turli geosiyosiy ziddiyatlar tobora avj olayotgan hozirgi murakkab davrda diplomatlarning mas’uliyatli faoliyati har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Prezident har bir elchiga murojaat qilib, ular vakillik qilayotgan davlatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Italiya katta siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega muhim sherik ekani ta’kidlanib, “yashil” energetika, metallurgiya, kimyo, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, ta’lim va turizm sohalaridagi loyihalar amalga oshirilayotgani, Toshkent shahrida Turin politexnika va Piza universitetlari filiallari samarali faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston yetakchisi Lombardiya va Toskana hududlari bilan hamkorlik aloqalari, xususan, tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Falastin bilan munosabatlar azaliy do‘stlik ruhida rivojlanmoqda. O‘zbekiston Isroil-Falastin muammosini “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekistonning Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida kirishi G‘azoni qayta tiklashga ko‘maklashishga qaratilgani qayd etildi.

Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik boshqalar uchun namuna bo‘lmoqda. Davlat rahbari 25 milliard dollarlik loyihalar portfeli shakllangani, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi islohotlarimizga faol ko‘mak ko‘rsatayotganini alohida e’tirof qildi.

Qolaversa, tibbiyot, farmatsevtika va “yashil” energetika sohalarida katta salohiyat mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolariga Haj va Umra ziyoratlari uchun yaratilayotgan sharoitlar yuqori baholandi.

Kuvayt bilan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, Kuvayt investitsiya agentligi bilan neft-kimyo tarmog‘ida va davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning to‘liq ijro etilishi xalqlar manfaatlariga birdek xizmat qilishi bildirildi.

Jazoir bilan so‘nggi yillarda yuqori darajadagi muloqotlarimiz faollashgani e’tirof qilindi.

Shuningdek, neft-gaz, energetika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Hukumatlararo qo‘shma komissiyani ta’sis etish va Imtiyozli savdo bitimini imzolash muhimligi qayd etildi.

Malayziya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Oliy va yuqori darajadagi muloqotlar faollashdi. Bozorimizga ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari faol kirib kelmoqda.

O‘zbekiston yetakchisi yarim o‘tkazgichlar, neft-kimyo, islom moliyasi va ziyorat turizmi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat borligiga urg‘u berdi.

Pokiston bilan strategik sheriklik munosabatlari o‘zaro hurmat va ishonch ruhida rivojlanib, yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.

Toshkent — Karachi yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi, Transafg‘on transport yo‘lagi loyihasini amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasi, energetika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika va turizm sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Ozarbayjon bilan munosabatlar ikki davlat yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi. Savdo hajmi 40 foizga oshib, qo‘shma korxonalar soni salkam 450 taga yetdi, yuk tashish hajmi esa ikki barobarga o‘sdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi investitsiya portfelini yaqin istiqbolda 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olingani ma’lum qilindi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikka yangi shiddat berishi qayd etildi.

Davlat rahbari Qozog‘iston elchisiga murojaat qilar ekan, mamlakatlar o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalari mustahkamlanib, hozirgi vaqtda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kengayib borayotganini ta’kidladi.

O‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish asosiy maqsad ekani, 8 milliard dollarlik qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli shakllantirilgani ta’kidlandi, “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini to‘liq ishga tushirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Marosim yakunida davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarga sharafli va mas’uliyatli diplomatik faoliyatlariga ulkan zafarlar tiladi. O‘zaro sheriklikni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi. Barcha elchilarni xususiy sektor va hududlar bilan faol ishlashga, joylardagi bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanishishga chaqirdi.

O‘z navbatida, diplomatlar samimiy qabul va yaratilgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni faol ilgari surish yo‘lida bor imkoniyatlarini ishga solishlarini ta’kidladi.

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Shavkat Miziyoyev Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan boradi07.928-07-2026
2Президент Сергелидаги бадбўй ҳид муаммосини 1 сентябргача ҳал этишни топширди0704-07-2026
3Узбекистан выступает за расширение ШОС0001-09-2025
4Toshkent Afg‘onistondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish masalasini muhokama qildi09.7828-07-2026
5Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги қўмитасининг вазифалари белгиланди01023-07-2026
6O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi08.3628-07-2026
7Узбекистан предложил ООН принять Кодекс об обязательствах государств в период пандемии0023-09-2020
8Восемь документов подписали министры иностранных дел государств ШОС в Кыргызстане 011.4824-07-2026
9Главы МИД Узбекистана и России обсудили вопросы возобновления авиасообщения0002-03-2021
10Администрация Мирзиёева назвала премию мира оценкой вклада в добрососедство0010-09-2025

Классификация: Международные. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 10.87. Источник: www.gazeta.uz.