5 avgustdan yuridik shaxslarga daraxt kesish, suv va havoni ifloslantirish uchun zararning o‘n baravarigacha jarima qo‘llaniladi
https://oz.sputniknews.uz/20260805/korxona-ekologiya-jarimalar-59499909.html
Korxonalarga daraxt kesish, chiqindi yoqish va qurilishdagi chang uchun jarimalar kuchga kirdi
Korxonalarga daraxt kesish, chiqindi yoqish va qurilishdagi chang uchun jarimalar kuchga kirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yuridik shaxslarga daraxt kesish, suv va havoni ifloslantirish, zararli materiallarni yoqish hamda chiqindilar bilan ishlash talablarini buzish uchun zarar yoki kompensatsiyaning 3–10 baravari miqdorida jarima joriy etildi.
2026-08-05T12:58+0500
2026-08-05T12:58+0500
2026-08-05T12:58+0500
ekologiya
jamiyat
korxona
daraxt kesilishi
daraxt
yangi qonun
jarima
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1352/70/13527047_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_d6901449bcb6633d5a6f887bb4106ea6.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 5-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar sodir etgan yuridik shaxslarga nisbatan yangi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanila boshlandi. Yangi tartibga ko‘ra, jarima miqdori qat’iy belgilangan summa emas, balki atrof-muhitga yetkazilgan zarar yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘loviga nisbatan hisoblanadi.Jumladan, daraxt va butalarni noqonuniy kesgan, shikastlantirgan, yo‘q qilgan yoki boshqa joyga ko‘chirgan yuridik shaxsga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima solinadi. Qoidabuzarlik qimmatbaho daraxt va buta navlariga nisbatan sodir etilsa, sanksiya zararning o‘n baravariga yetadi.Shuningdek, korxona o‘ziga tegishli yoki biriktirilgan hududdagi daraxtlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rmagan taqdirda ham zararning besh baravari miqdorida jarima to‘laydi.Suvni ifloslantirgan yoki suv obyektlariga oqova suvlarni oqizish talablarini buzgan yuridik shaxslarga kompensatsiya to‘lovining o‘n baravari miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi. Daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzganlik uchun esa jarima yetkazilgan zararning uch baravari etib belgilandi.Havoga ifloslantiruvchi moddalarni belgilangan normativdan ortiq chiqargan korxonalar uchun jarima ularning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish toifasiga qarab kompensatsiya to‘lovining ikki, to‘rt, olti yoki o‘n baravarini tashkil etadi. Maydoni 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish obyektlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish talablarini buzgan yuridik shaxslar kompensatsiya to‘lovining uch baravari miqdorida jarima to‘laydi.Chiqindilarni to‘plash, tashish, saqlash, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish talablarini buzish uchun ham besh baravarlik jarima nazarda tutilgan.Ilgari qanday edi?Avval ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik asosan fuqarolar va mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jarimalar shaklida qo‘llanilar edi.5 avgustdan esa yuridik shaxslarning o‘ziga nisbatan yetkazilgan zarar yoki kompensatsiya to‘lovining bir necha baravari miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llash mexanizmi joriy etildi.Bunda moliyaviy sanksiya ma’muriy jarimaga qo‘shib hisoblanmaydi: ayni bir huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiya qo‘llansa, ma’muriy jazo berilmaydi. Biroq korxona atrof-muhitga yetkazilgan zararni baribir qoplashi shart.
https://oz.sputniknews.uz/20260701/uzbekistan-daraxt-buta-kochirish-tartib-58733092.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya , jamiyat, korxona, daraxt kesilishi, daraxt , yangi qonun, jarima
ekologiya , jamiyat, korxona, daraxt kesilishi, daraxt , yangi qonun, jarima
5 avgustdan yuridik shaxslarga daraxt kesish, suv va havoni ifloslantirish uchun zararning o‘n baravarigacha jarima qo‘llaniladi
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 5-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar sodir etgan yuridik shaxslarga nisbatan yangi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanila boshlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, jarima miqdori qat’iy belgilangan summa emas, balki atrof-muhitga yetkazilgan zarar yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘loviga nisbatan hisoblanadi.
Jumladan, daraxt va butalarni noqonuniy kesgan, shikastlantirgan, yo‘q qilgan yoki boshqa joyga ko‘chirgan yuridik shaxsga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima solinadi. Qoidabuzarlik qimmatbaho daraxt va buta navlariga nisbatan sodir etilsa, sanksiya zararning o‘n baravariga yetadi.
Shuningdek, korxona o‘ziga tegishli yoki biriktirilgan hududdagi daraxtlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rmagan taqdirda ham zararning besh baravari miqdorida jarima to‘laydi.
Suvni ifloslantirgan yoki suv obyektlariga oqova suvlarni oqizish talablarini buzgan yuridik shaxslarga kompensatsiya to‘lovining o‘n baravari miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi. Daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzganlik uchun esa jarima yetkazilgan zararning uch baravari etib belgilandi.
Havoga ifloslantiruvchi moddalarni belgilangan normativdan ortiq chiqargan korxonalar uchun jarima ularning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish toifasiga qarab kompensatsiya to‘lovining ikki, to‘rt, olti yoki o‘n baravarini tashkil etadi.
Maydoni 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish obyektlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish talablarini buzgan yuridik shaxslar kompensatsiya to‘lovining uch baravari miqdorida jarima to‘laydi.
Shina, bitum, mazut, plonka, sintetik karton, rezina, jun tolasi va boshqa chiqindilarni mo‘ljallanmagan joy yoki qurilmalarda yoqqan korxonalarga kompensatsiya to‘lovining besh baravari miqdorida sanksiya qo‘llaniladi.
Chiqindilarni to‘plash, tashish, saqlash, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish talablarini buzish uchun ham besh baravarlik jarima nazarda tutilgan.
Avval ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik asosan fuqarolar va mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jarimalar shaklida qo‘llanilar edi.
5 avgustdan esa yuridik shaxslarning o‘ziga nisbatan yetkazilgan zarar yoki kompensatsiya to‘lovining bir necha baravari miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llash mexanizmi joriy etildi.
Bunda moliyaviy sanksiya ma’muriy jarimaga qo‘shib hisoblanmaydi: ayni bir huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiya qo‘llansa, ma’muriy jazo berilmaydi. Biroq korxona atrof-muhitga yetkazilgan zararni baribir qoplashi shart.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Cobalt va Damas uchun 15 mln, Captiva uchun 45 mln so‘mgacha chegirma berildi | 0 | 18.86 | 03-08-2026 |
| 2 | СФ одобрил уточнение порядка предоставления квот вылова крабов по договорам | 0 | 0 | 02-07-2025 |
| 3 | Mashinani olib qo‘yish va yuqori tezlik uchun huquqdan mahrum qilish: loyiha ma’qullandi | 0 | 7.97 | 04-08-2026 |
| 4 | YeOIIda deyarli barcha avtotranzit yuklari elektron plomba bilan kuzatiladi | 0 | 13.06 | 30-07-2026 |
| 5 | Совфед одобрил закон о корректировке демпфера на топливо | 0 | 0 | 26-07-2019 |
| 6 | Предложения по введению налога для иностранных IT-компаний могут представить до 1 августа | 0 | 0 | 12-02-2021 |
| 7 | Boshpanasizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi | 0 | 12.31 | 04-08-2026 |
| 8 | Chorvachilik va parrandachilikka $895 mln: go‘sht-sut hajmini oshirish rejalari taqdim etildi | 0 | 19.02 | 05-08-2026 |
| 9 | С 1 августа на полгода продлен запрет на экспорт отдельных видов топлива | 0 | 13.32 | 01-08-2026 |
| 10 | Дроны, запущенные над местами массовых мероприятий, будут конфисковывать | 0 | 0 | 31-01-2020 |