Prezidentga go‘sht-sut ishlab chiqarishni oshirish, 103 korxonani tiklash va 802 yangi loyihani amalga oshirish rejalari taqdim etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260805/chorvachilik-parrandachilik-rejalar-59507612.html
Chorvachilik va parrandachilikka $895 mln: go‘sht-sut hajmini oshirish rejalari taqdim etildi
Chorvachilik va parrandachilikka $895 mln: go‘sht-sut hajmini oshirish rejalari taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun 463 mln dollar yo‘naltirish, 103 korxonani tiklash va 802 yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Parrandachilik loyihalariga yana 432 mln dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
2026-08-05T17:57+0500
2026-08-05T17:57+0500
2026-08-05T17:57+0500
shavkat mirziyoyev
jamiyat
chorva
parrandachilik
go‘sht
sun’iy intellekt
mahalla
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59507441_0:145:1900:1214_1920x0_80_0_0_f1cc95396ef82bdf5e2f2f9bf3841b92.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda 2026–2028 yillarda qo‘shimcha 190 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish imkonini beruvchi choralar muhokama qilindi.Asosiy rejalar:Xonadonlarda quriladigan molxonalarda esa 421 ming bosh qoramol boqilishi ko‘zda tutilgan.802 ta yangi loyihaUmumiy qiymati 3 trln so‘m bo‘lgan 802 ta loyiha doirasida:Qoraqalpog‘istondagi 20 ta chorvachilik kompleksi sun’iy intellekt yordamida tahlil qilingan. Ularning umumiy qarzi 109,6 mlrd so‘m bo‘lib, yarmi yuqori xavfli toifaga kiritilgan.Ushbu komplekslarning qarz yukini yengillashtirish, ozuqa bazasini yaratish va ularni bosqichma-bosqich ishga tushirish taklif etildi.Chorva mollari import qilinadiGo‘sht ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida:Bu orqali yiliga qo‘shimcha 44 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish imkoniyati yaratilishi aytildi.Umuman, chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun 463 mln dollar yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.Mahallalardagi xonadonlarga yordam191 ta tumandagi chorvachilikka ixtisoslashgan 2 407 ta mahallada:13 ta tumanda har biri 200 bosh qoramolga mo‘ljallangan naslchilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yiliga 500 ming bosh sigirni sun’iy urug‘lantirish va embrion transplantatsiyasini kengaytirish ham rejalashtirilmoqda."Smart Fermer" ishga tushiriladiTaqdimotda fermerlar va aholi uchun "Smart Fermer" raqamli yordamchisi ham namoyish etildi.Mobil ilova orqali chorva mollarini identifikatsiya qilish, veterinar chaqirish, sun’iy urug‘lantirish xizmatidan foydalanish, oziqlantirish va yaylovlarni boshqarish bo‘yicha ma’lumot olish, subsidiyaga ariza berish hamda sun’iy intellektdan maslahat olish mumkin bo‘ladi.ParrandachilikParrandachilik sohasida umumiy qiymati 432 mln dollar bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.Ular hisobiga 2028-yilgacha:
https://oz.sputniknews.uz/20260521/nasldor-buzoqlar-subsidiya-57760274.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, jamiyat, chorva, parrandachilik, go‘sht, sun’iy intellekt, mahalla
shavkat mirziyoyev, jamiyat, chorva, parrandachilik, go‘sht, sun’iy intellekt, mahalla
Prezidentga go‘sht-sut ishlab chiqarishni oshirish, 103 korxonani tiklash va 802 yangi loyihani amalga oshirish rejalari taqdim etildi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda 2026–2028 yillarda qo‘shimcha 190 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish imkonini beruvchi choralar muhokama qilindi.
faoliyati to‘xtagan 103 ta chorvachilik korxonasini tiklash;
ularning qarzlarini restrukturizatsiya qilish yoki 10-yilga bo‘lib to‘lash;
ozuqa yetishtirish uchun yer ajratish va naslli mollar bilan ta’minlash;
chorvachilikka ixtisoslashgan 13 ta tumandagi 75 ming gektar ozuqa maydonidan samarali foydalanish;
sut qabul qilish punktlari va ozuqa sotish shoxobchalarini tashkil etish;
aholi xonadonlarida yengil konstruksiyali 11 mingta molxona qurish.
Faoliyati tiklanadigan korxonalarda 33 ming bosh qoramol parvarishlanib, yiliga 12 ming tonna go‘sht va 40 ming tonna sut ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Xonadonlarda quriladigan molxonalarda esa 421 ming bosh qoramol boqilishi ko‘zda tutilgan.
Umumiy qiymati 3 trln so‘m bo‘lgan 802 ta loyiha doirasida:
68 ming boshdan ziyod qoramol;
186 ming bosh qo‘y va echki parvarishlanadi;
yiliga qo‘shimcha 20 ming tonna go‘sht;
120 ming tonna sut ishlab chiqariladi.
Qoraqalpog‘istondagi 20 ta chorvachilik kompleksi sun’iy intellekt yordamida tahlil qilingan. Ularning umumiy qarzi 109,6 mlrd so‘m bo‘lib, yarmi yuqori xavfli toifaga kiritilgan.
Ushbu komplekslarning qarz yukini yengillashtirish, ozuqa bazasini yaratish va ularni bosqichma-bosqich ishga tushirish taklif etildi.
Chorva mollari import qilinadi
Go‘sht ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida:
Mo‘g‘ulistondan 150 ming bosh qo‘y;
Xitoy va Yevropa davlatlaridan 100 ming bosh naslli qoramol;
Belarusdan 2 ming bosh mol olib kelish rejalashtirilmoqda.
Bu orqali yiliga qo‘shimcha 44 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish imkoniyati yaratilishi aytildi.
Umuman, chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun 463 mln dollar yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Mahallalardagi xonadonlarga yordam
191 ta tumandagi chorvachilikka ixtisoslashgan 2 407 ta mahallada:
xonadonlarga arzon chorva mollari yetkazib berish;
sigirlarni sun’iy urug‘lantirish;
yem-xashak va zooveterinariya xizmatlarini yaxshilash;
nasldor buzoqlarni identifikatsiya qilish;
ular uchun subsidiya ajratish taklif etildi.
13 ta tumanda har biri 200 bosh qoramolga mo‘ljallangan naslchilik xo‘jaliklarini tashkil etish, yiliga 500 ming bosh sigirni sun’iy urug‘lantirish va embrion transplantatsiyasini kengaytirish ham rejalashtirilmoqda.
"Smart Fermer" ishga tushiriladi
Taqdimotda fermerlar va aholi uchun "Smart Fermer" raqamli yordamchisi ham namoyish etildi.
Mobil ilova orqali chorva mollarini identifikatsiya qilish, veterinar chaqirish, sun’iy urug‘lantirish xizmatidan foydalanish, oziqlantirish va yaylovlarni boshqarish bo‘yicha ma’lumot olish, subsidiyaga ariza berish hamda sun’iy intellektdan maslahat olish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, chorvadorlar manfaatlarini himoya qilish, kooperatsiya, naslchilik va tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashuvchi O‘zbekiston chorvadorlar uyushmasini tashkil etish taklif qilindi.
Parrandachilik sohasida umumiy qiymati 432 mln dollar bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Ular hisobiga 2028-yilgacha:
qo‘shimcha 100 ming tonna parranda go‘shti ishlab chiqarish;
ozuqa-yem ishlab chiqarish quvvatini 3,3 mln tonnaga yetkazish maqsad qilingan.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | YeOII doirasidagi kooperatsiya: Qirg‘iziston va Rossiya 800 mln dollarlik bitimlar tuzdi | 0 | 17.1 | 06-08-2026 |
| 2 | Путин поручил выделить 6 млрд рублей на докапитализацию "Росагролизинга" | 0 | 0 | 08-06-2020 |
| 3 | Bloomberg: администрация США запросит до $1,2 трлн на стимулирование экономики | 0 | 0 | 17-03-2020 |
| 4 | Регионам компенсируют выпадающие доходы от инвествычета на 855 млн рублей | 0 | 0 | 29-10-2021 |
| 5 | Проекты по освоению недр и строительству плавучей АЭС представила на ВЭФ Чукотка | 0 | 0 | 04-09-2019 |
| 6 | Почти 200 резидентов начали работать в двух экономических зонах Камчатки | 0 | 0 | 06-12-2018 |
| 7 | Резиденты ТОР в Приморье вложили в проекты по сельскому хозяйству 13 млрд рублей | 0 | 0 | 29-01-2019 |
| 8 | Cobalt va Damas uchun 15 mln, Captiva uchun 45 mln so‘mgacha chegirma berildi | 0 | 18.86 | 03-08-2026 |
| 9 | В ЛНР объем инвестиций в проекты участников СЭЗ превысил 100 млрд рублей | 0 | 0 | 11-07-2025 |
| 10 | На реализацию нацпроектов в 2020 году в КЧР направят 5,8 млрд рублей | 0 | 0 | 05-05-2020 |