Hukumat turistik salohiyati yuqori bo‘lgan 10 ta obyekt ro‘yxatini tasdiqladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261005/ozbekiston-gorlar-60969487.html
O‘zbekiston g‘orlari yangi sayyohlik yo‘nalishlariga aylanadi
O‘zbekiston g‘orlari yangi sayyohlik yo‘nalishlariga aylanadi
Sputnik O‘zbekiston
Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida g‘or turizmini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihalari amalga oshiriladi. Hukumat turistik salohiyati yuqori bo‘lgan 10 ta obyekt ro‘yxatini tasdiqladi. Ularda sayohat yo‘nalishlari, xavfsizlik tizimi va turistik infratuzilma yaratiladi.
2026-10-05T14:01+0500
2026-10-05T14:01+0500
2026-10-05T14:01+0500
turizm
o‘zbekiston
speleoturizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/1d/25747246_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_5024da3c33b77aafc83b76098f9e8fe9.jpg
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekiston hududlarida g‘or turizmini rivojlantirish bo‘yicha sinov tadbirlari amalga oshiriladi. Hukumatning speloturizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.2026-2028 yillarda tanlangan obyektlarda bosqichma-bosqich zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish va sayyohlar oqimini oshirish rejalashtirilgan.Ro‘yxatga 10 manzil kiritilgan:Bunda madaniy meros obyektlarida qurilish va ta’mirlash ishlari tegishli ruxsatnomalar bilan hamda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hududida ishlar belgilangan ekologik cheklovlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.Turizm qo‘mitasi 2026-yil yakuniga qadar obyektlarning turizm salohiyatiga oid media mahsulotlarni tayyorlab, Yagona milliy turizm platformasiga joylashtirishi lozim. 2027-yildan boshlab xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazish, shuningdek, sayyohlar uchun eng jozibador obyektlar ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan.2026-2027 yillarda xususiy investitsiyalarni jalb qilish choralari ko‘riladi. 2027-yildan boshlab har yili mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokida investitsiya forumlari, taqdimotlar va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.2027-2028 yillarda tegishli hududlar hokimliklari tomonidan muhandislik, kommunikatsiya va turizm infratuzilmasi, jumladan, dam olish maskanlari va sanitariya-gigiyena punktlari tashkil etilishi kerak. Shuningdek, oilaviy mehmon uylarini tashkil etishda aholini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.Sayyohlar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. Uch oy muddatda obyektlarga tashrif buyurishda xavfsizlikni ta’minlash tartibini belgilovchi meyoriy hujjat ishlab chiqilishi kerak. 2027-yildan boshlab yiliga ikki marta o‘quv-amaliy treninglar o‘tkaziladi.Speleoturizmni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida 2027-yilning may-iyun oylarida xorijiy ekspert va tadqiqotchilar ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2027-yildan boshlab xalqaro grantlarni jalb qilgan holda har yili speleologiya, geologiya, gidrologiya va biospeleologiya sohalarida tadqiqotlar olib boriladi.Bundan tashqari, xorijiy telekanallar uchun hujjatli filmlar yaratish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqidagi mediamateriallarni muntazam namoyish etish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260927/uzbekistan-turistlar-oqim-etakchi-60771326.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
1920
1080
true
1920
1440
true
1920
1920
true
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Sputnik O‘zbekiston
turizm, o‘zbekiston, speleoturizm
turizm, o‘zbekiston, speleoturizm
Obuna bo‘lish
Hukumat turistik salohiyati yuqori bo‘lgan 10 ta obyekt ro‘yxatini tasdiqladi.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekiston hududlarida g‘or turizmini rivojlantirish bo‘yicha sinov tadbirlari amalga oshiriladi. Hukumatning speloturizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
2026-2028 yillarda tanlangan obyektlarda bosqichma-bosqich zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish va sayyohlar oqimini oshirish rejalashtirilgan.
Ro‘yxatga 10 manzil kiritilgan:
Bunda madaniy meros obyektlarida qurilish va ta’mirlash ishlari tegishli ruxsatnomalar bilan hamda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hududida ishlar belgilangan ekologik cheklovlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Turizm qo‘mitasi 2026-yil yakuniga qadar obyektlarning turizm salohiyatiga oid media mahsulotlarni tayyorlab, Yagona milliy turizm platformasiga joylashtirishi lozim. 2027-yildan boshlab xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazish, shuningdek, sayyohlar uchun eng jozibador obyektlar ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan.
2026-2027 yillarda xususiy investitsiyalarni jalb qilish choralari ko‘riladi. 2027-yildan boshlab har yili mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokida investitsiya forumlari, taqdimotlar va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
2027-2028 yillarda tegishli hududlar hokimliklari tomonidan muhandislik, kommunikatsiya va turizm infratuzilmasi, jumladan, dam olish maskanlari va sanitariya-gigiyena punktlari tashkil etilishi kerak. Shuningdek, oilaviy mehmon uylarini tashkil etishda aholini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
Sayyohlar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. Uch oy muddatda obyektlarga tashrif buyurishda xavfsizlikni ta’minlash tartibini belgilovchi meyoriy hujjat ishlab chiqilishi kerak. 2027-yildan boshlab yiliga ikki marta o‘quv-amaliy treninglar o‘tkaziladi.
Speleoturizmni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida 2027-yilning may-iyun oylarida xorijiy ekspert va tadqiqotchilar ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2027-yildan boshlab xalqaro grantlarni jalb qilgan holda har yili speleologiya, geologiya, gidrologiya va biospeleologiya sohalarida tadqiqotlar olib boriladi.
Bundan tashqari, xorijiy telekanallar uchun hujjatli filmlar yaratish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqidagi mediamateriallarni muntazam namoyish etish rejalashtirilgan.