Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Kadastrda 10–15 kunlik jarayon bir necha soniyaga qisqarishi mumkin

Дата публикации: 04-08-2026 14:11:00

Kadastr xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha arizalarni qisqartirish va ro‘yxatdan o‘tkazishni onlayn shaklga o‘tkazish taklif qilindi

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260804/kadastr-jarayon-qisqarish-59490481.html

Kadastrda 10–15 kunlik jarayon bir necha soniyaga qisqarishi mumkin

Kadastrda 10–15 kunlik jarayon bir necha soniyaga qisqarishi mumkin

Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekistonda kadastr xizmatlarini "bitta ariza — bitta to‘lov" tamoyili asosida tashkil etish taklif qilindi. Yangi tizim yiliga 200 mingta ortiqcha arizani qisqartirib, 500 mingta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

2026-08-04T19:11+0500

2026-08-04T19:11+0500

2026-08-04T19:11+0500

shavkat mirziyoyev

mol-mulk

ko‘chmas mulk

kadastr

kadastr agentligi

hujjatlar

jamiyat

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59490298_0:149:1900:1218_1920x0_80_0_0_f532b0d864db3bee816828fdc03e205f.jpg

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Kadastr agentligi faoliyatini yangicha tashkil etish va aholi hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmida kadastr xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha 1 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Ularning 330 mingtasi yoki 30 foizi rad etilgan. Ya’ni amalda har uchta arizadan biri qanoatlantirilmagan.Har bir ariza tuman, viloyat va respublika darajasida 30–50 ta bosqichda ko‘rib chiqilib, jarayon o‘rtacha 15–20 kun davom etmoqda.Taqdimotda Kadastr agentligi va Kadastr palatasining hududlarda alohida tuzilmalar sifatida ishlashi, tizimning amalda ikki rahbar tomonidan boshqarilayotgani ham tanqid qilindi.Kadastr xizmatlarini bosqichma-bosqich quyi bo‘g‘inga tushirish, hududiy bo‘linmalar vakolatlarini kengaytirish hamda respublika darajasidagi xodimlarning kamida 30 foizini tumanlarga o‘tkazish taklif etildi.Shuningdek, respublika, viloyat va tuman darajasidagi Kadastr palatasi hamda xizmat ko‘rsatish tuzilmalarini birlashtirish rejalashtirilmoqda.O‘zgarishlar davrida aholi sarson bo‘lmasligi uchun bir hafta ichida "Kadastr maslahat burchagi" va "Tezkor kadastr" xizmatlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.Agentlik faoliyatini "bitta ariza — bitta to‘lov" tamoyili asosida tashkil etish taklif qilindi. Ko‘chmas mulkka huquq paydo bo‘lishi bilan ariza avtomatik shakllantirilib, proaktiv xizmat ko‘rsatiladi.Ko‘chmas mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilib, yiliga 500 mingta arizani hozirgi 10–15 kun o‘rniga bir necha soniyada rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.Bundan tashqari, noqonuniy qurilish ixtiyoriy bartaraf etilganda javobgarlikni yengillashtirish, ko‘chmas mulk huquqini belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazmagan shaxslarga esa birinchi marta jarima o‘rniga ogohlantirish berish taklif etildi.

https://oz.sputniknews.uz/20260626/kochmas-mulk-58611145.html

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/04/59490298_0:0:1688:1266_1920x0_80_0_0_114b8c99f47aedb23d204fc5bed5499c.jpg

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

shavkat mirziyoyev, mol-mulk, ko‘chmas mulk, kadastr, kadastr agentligi, hujjatlar , jamiyat

shavkat mirziyoyev, mol-mulk, ko‘chmas mulk, kadastr, kadastr agentligi, hujjatlar , jamiyat

Kadastr xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha arizalarni qisqartirish va ro‘yxatdan o‘tkazishni onlayn shaklga o‘tkazish taklif qilindi

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Kadastr agentligi faoliyatini yangicha tashkil etish va aholi hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmida kadastr xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha 1 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Ularning 330 mingtasi yoki 30 foizi rad etilgan. Ya’ni amalda har uchta arizadan biri qanoatlantirilmagan.

Bitta masalani hal qilish uchun fuqarolar bir necha marta ariza topshirib, har biri uchun alohida to‘lov qilmoqda. Masalan, hovlini aka-uka o‘rtasida bo‘lish uchun to‘rtta, merosni uch qismga ajratish uchun esa oltita ariza talab etiladi.

Har bir ariza tuman, viloyat va respublika darajasida 30–50 ta bosqichda ko‘rib chiqilib, jarayon o‘rtacha 15–20 kun davom etmoqda.

Taqdimotda Kadastr agentligi va Kadastr palatasining hududlarda alohida tuzilmalar sifatida ishlashi, tizimning amalda ikki rahbar tomonidan boshqarilayotgani ham tanqid qilindi.

Kadastr xizmatlarini bosqichma-bosqich quyi bo‘g‘inga tushirish, hududiy bo‘linmalar vakolatlarini kengaytirish hamda respublika darajasidagi xodimlarning kamida 30 foizini tumanlarga o‘tkazish taklif etildi.

Shuningdek, respublika, viloyat va tuman darajasidagi Kadastr palatasi hamda xizmat ko‘rsatish tuzilmalarini birlashtirish rejalashtirilmoqda.

O‘zgarishlar davrida aholi sarson bo‘lmasligi uchun bir hafta ichida "Kadastr maslahat burchagi" va "Tezkor kadastr" xizmatlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.

Agentlik faoliyatini "bitta ariza — bitta to‘lov" tamoyili asosida tashkil etish taklif qilindi. Ko‘chmas mulkka huquq paydo bo‘lishi bilan ariza avtomatik shakllantirilib, proaktiv xizmat ko‘rsatiladi.

Barcha kadastr xizmatlarini bitta ariza asosida ko‘rsatish orqali yiliga 200 mingta ortiqcha murojaatni qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Ko‘chmas mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilib, yiliga 500 mingta arizani hozirgi 10–15 kun o‘rniga bir necha soniyada rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, noqonuniy qurilish ixtiyoriy bartaraf etilganda javobgarlikni yengillashtirish, ko‘chmas mulk huquqini belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazmagan shaxslarga esa birinchi marta jarima o‘rniga ogohlantirish berish taklif etildi.

Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2026

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Mashinani olib qo‘yish va yuqori tezlik uchun huquqdan mahrum qilish: loyiha ma’qullandi07.9704-08-2026
2Экотропы и 10 смотровых площадок появятся на набережной Москвы-реки в Капотне0017-06-2019
3Для программы реновации в Москве подобрали еще 10 стартовых площадок0010-11-2020
4Порядка 100 теплоходов будут курсировать на речных маршрутах Москвы0021-04-2021
5Хуснуллин пообещал, что ЦКАД будет построена на 90% в 2020 году0004-12-2020
6Собянин заявил, что ЦКАД поможет улучшить транспортную ситуацию в Москве и Подмосковье0004-12-2020
7В Москве более 100 катков продолжают работу0005-03-2025
8Площадки проекта "Лето в Москве" выбрали для регистрации брака свыше 110 пар0017-09-2025
9Скорость электросамокатов в Сочи может быть ограничена до 15-20 км в час0003-06-2021
10В Москве до конца года проведут реконструкцию 15 прудов0018-08-2020

Классификация: Москва. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 14.35. Источник: oz.sputniknews-uz.com.